BUXORO FILIALI

O‘zbekiston-Yaponiya Markazining Buxoro shahridagi vakolatxonasi 2007-yil 28-martda ochilgan. Markazda kun chiqar mamlakat madaniyati va tili bilan tanishtirishga qaratilgan quyidagi tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Markazning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga ko‘maklashishdan iborat.

2023-yilda Markaz o‘zining 250 000 yubiley tashrif buyuruvchisini xursandchilik bilan kutib oldi.

O‘zbekiston-Yaponiya Markazining Buxoro shahridagi vakolatxonasi Buxoro davlat universiteti bosh binosi 3-qavatining chap qanotida joylashgan.

YAPON TILI KURSLARI

Yapon tili kurslari 2 yil davomida o‘qitiladi. Shuningdek, turizm sohasidagi 3 oylik qisqa muddatli yapon tili kurslari va xalqaro yapon tilini bilish testiga (JLPT) 6 oylik tayyorlov kurslari ham mavjud.

MADANIY TADBIRLAR
Origami kurslari, choy marosimi, yapon raqsi, turli o‘yinlar, xattotlik san’ati, sport, kosplay, karaoke, anime namoyishi, notiqlik san’ati tanlovi va turli seminarlar.

Qisqa muddatli biznes seminarlar o‘tkazish.